Angrenda “Armiya prokurori kuni” o‘tkazildi

0
724

Qoʻshinlarda Mudofaa vazirligi hamda Harbiy prokuratura tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan “Armiya prokurori kuni” tashkil etilgan. Shu munosabat bilan tegishli mas’ullar joylarga chiqib, harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishmoqda.

Xususan, kuni kecha Toshkent harbiy prokurori Akbar Booyev Angren shahridagi harbiy qismda bo‘lib, u yerdagi harbiy xizmatchilar bilan muloqot o‘tkazdi, ularning muammolari oʻrganilib, savollari tinglandi.

Shuningdek, harbiy prokuror tomonidan harbiy intizom va huquqiy tartibotni mustahkamlash, shaxsiy tarkibning huquqiy savodxonligini yanada oshirish ishlarida amaliy yordam koʻrsatish, Harbiy prokuratura organlari bilan yaqin hamkorlikni ularni muammolarini hal etish choralarini koʻrish yuzasidan tushuntirishlari berib, ulardan kelib tushgan savollariga javoblar berdi.

Shu bilan birga, Akbar Booyev harbiy xizmatchilariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi va Angren shahridagi Toshkent harbiy okrugi poligonini ko‘zdan kechirdi.