Yurt posbonlariga yangi texnikalar topshirildi

0
1110

Bugungi kunda milliy armiyamizning jangovar salohiyati ortib borayotganinga barchamiz birdek guvoh bo‘lyapmiz. Qurolli Kuchlarimiz kundan-kunga zamonaviy qurol-aslaha va texnikalar bilan taʻminlanishi harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi bilan bir qatorda jangovar ruhini ham oshirib kelmoqda.

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Namangan garnizonidagi harbiy qismga yangi “KAMAZ 43118” rusumli avtomobil va toʻliq kapital taʻmirdan chiqarilgan zirhli texnikalar topshirildi.

Harbiy qism avtosaroyida mazkur harbiy texnikalarning kalitlari va hujjatlari mutaxassis harbiy xizmatchilarga Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

“Ushbu texnikalardan mohirona foydalanib, yurtimiz tinchligining mustahkam qalqoni sifatida oʻz xizmat vazifalarimizni muvaffaqiyatli bajargan holda xalqimiz va Prezidentimizning yuksak ishonchini munosib oqlaymiz. Harbiy texnikalarni qabul qilishingiz bilan barchangizni samimiy tabriklayman!” — dedi okrug qoʻshinlari qoʻmondoni.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati