Qurolli Kuchlar akademiyasida sport bayrami

0
1566

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akadamiyasi koʻp yillardan beri ta’lim va sport yoʻnalishida oʻz uslub va an’analarini namoyon qilayotgan dargoh sanaladi. Bunga soʻnggi yillarda akademiya kursantlari tomonidan erishilayotgan yuqori natijalardan ham amin boʻlish mumkin.

Bugun, 19-mart kuni Qurolli Kuchlari akademiyasi shaxsiy tarkibi o’rtasida “Navro’z” umumxalq bayramiga bag’ishlangan sport musobaqalarining oʻtkazilishida ham milliy qadriyatlarimizga boʻlgan sodiqlik va hurmat yana bir bor namoyon boʻldi.

Maqsad doimgidek harbiy xizmatchilar o’rtasida jismoniy tayyorgarlik va sog’lom turmush
tarzini keng targʻib qilish, kursantlarda tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik kabi xislatlarni tarbiyalashdan iborat.

Erta tongdanoq akademiya sport bazasida start olgan milliy kurash, tosh ko’tarish, armrestling, arqon tortish, futbol, voleybol, basketbol, suzish va koʻplab sport bahslari chinakamiga bayramona tus oldi. Butun shaxsiy tarkib guvohligida maydonda haqiqiy kuchlilar saralandi. Eng asosiysi, terma jamoalar oʻzlarining nimalarga qodir ekanini sinovdan oʻtkazdi va kelgusidagi maqsadlar uchun zamin hozirladi.

Bellashuv yakunida gʻolib jamoalar va harbiy sportchilar akademiya boshligʻining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Katta leytenant Bobur Elmurodov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti