Harbiy xizmatchilar xayriya hasharida faol

0
862

Respublikamizning barcha hudud va mahallarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyatining Nurafshon shahri va “Qizil tog‘” hududida o‘tkazilgan hasharda Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari okrug qo‘mondoni boshchiligida ko‘chat ekdilar, hududda obodonlashtirish ishlarini olib bordi.

Shuningdek, Yangiyoʻl shahrida boʻlib oʻtayotgan umumxalq xayriya hashari ham shu goʻshada istiqomat qilayotgan aholi uchun koʻtaringki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, hasharda Yangiyoʻl shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilarining ham ishtirok etayotgani xalq va armiya bir tan bir jonligini yana bir bora amaliy isbotini topdi.

—Bugungi umuxalq hasharida 3 ming tupdan ortiq mevali va manzarali koʻchatlarni shahrimizning turli goʻshalariga oʻtqazish ishlari boshlandi. Har bir xonadon hovlisiga kamida bittadan mevali koʻchatlarni oʻtqazishda amaliy koʻmaklarni berib kelmoqdamiz, – deydi Yangiyoʻl shahar hokimi Farhod Mirzayev. —Shahrimiz aholisi bilan kamarbasta boʻlib, ushbu hasharda ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilarga minnatdorlik bildiraman. Ular yurt tinchligini asrash bilan bir qatorda, xalqning ogʻirini yengillatish ishlarida doim ilgʻor. 

Shu bilan birga, harbiy xizmatchilar tomonidan obodonlashtirish ishlari mahalladagi bolalar maydonlari, koʻmakka muhtoj xonadonlar, koʻchalar va yoʻl boʻyidagi adirliklar ham qamrab olindi.

Sherzod SHARIPOV, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti