Samarqandda “Avlodlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

0
608

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar, yoshlar uchun berilgan imkoniyatlar va yaratilayotgan shart-sharoitlarni keng targʻib etish maqsadida Markaziy harbiy okrugning Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Avlodlar uchrashuvi” oʻtkazildi.

Tadbirda okrug qoʻmondonligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi Respublika boshqaruvi raisi, Oʻzbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev boshchiligida viloyatdagi nuroniylar, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiylarning yaqinlari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Faxriylar kengashi aʼzolari, Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, “Jasorat maktabi” yigʻini ishtirokchilari hamda oʻquvchi- yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda nuroniylar, harbiylar va yoshlar dildan suhbat qurdi. Ayniqsa, yoshlar hayotida unutilmas kun sifatida muhrlangan uchrashuv harbiylik kasbiga havas uygʻotib, kelgusida armiya saflarida xizmat qilish istagini yanada kuchayishiga xizmat qilsa ajab emas.

Yakunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh nuroniylar va xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yaqinlariga “Nuroniy” jamgʻarmasi hamda okrug qoʻmondonligining esdalik sovgʻalari topshirilib, yigʻilganlarga konsert dasturi namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati