Mudofaa vazirligida Navro‘z bayrami tantanalari

0
1992

Uch ming yildan ziyod tarixga ega boʻlgan Navroʻzi olam – sharqona yangi yil oʻzining yangilanish, bahor nafasini boshlab kelishi, xalqimizning tabiati, ong-u tafakkuri, qalbiga chuqur singib ketgani, har qaysi oila, har qaysi xonadonga shodu xurramlik olib kirishi bilan biz uchun eng qadrli, aziz va suyukli milliy bayramdir.

Navroʻz milliy maʼnaviyatimiz rivojidagi eng muhim shodiyonadir. Bu kunda yurtimizning har bir goʻshasida bahoriy taomlar-u, turli milliy oʻyinlarga alohida urgʻu beriladi. Xususan, milliy taomlarimizdan sumalak, halim, koʻksomsa, koʻkchuchvara kabilar bayram dasturxonining koʻrkiga aylanadi. Ayniqsa, sumalak bazmlarining oʻzgacha gashti bor.

Ana shundan oʻziga xos sharqona anʼanalarni oʻzida mujassam etgan “Assalom, Navroʻz” bayram sayllari yurtimizda bir necha kundan buyon davom etib kelmoqda. Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida ham Navroʻz oʻzgacha shukr, bahoriy kayfiyatda oʻtkazildi.

Erta tongdan qozonlarda sumalak tadorigi, osh tayyorlash harakatlari boshlab yuborildi. Milliy taomlarimiz tortilgan dasturxon bezaldi. Bolalarning shodon kulgulariyu, oʻyinlari kishi dilini quvonchga toʻldirdi. Milliy kuy-qoʻshiqlaru raqslar kishiga yanada bayramona kayfiyat ulashdi. Saylda ishtirok etgan Qurolli Kuchlar xizmatchilari va harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari ishtirok etgan sayl har yilgidanda oʻzgacha koʻtarinkilikda oʻtkazilmoqda.

Ro‘ziqul Ochilov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti