Bugun, 18-mart kuni respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Unda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilari hamda Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari faol ishtirok etdi.
Xususan, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish ishlari olib borildi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash tadbirlari tashkil etiladi.
Harbiy xizmatchilar mazkur jarayonlarda xalqimiz bilan yelkama-yelka xizmat qilib, yaxshi niyatlar bilan mevali va manzarali nihollar o’tqazishdi.
Joylarda «Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharlari davom etmoqda.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti