O‘zbekistonlik kursantlar xalqaro olimpiadada muvaffaqiyat qozondi

0
1039

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida informatika fani boʻyicha VII xalqaro olimpiada musobaqasi boʻlib oʻtdi. Armiya generali A.V. Xrulev nomidagi moddiy-texnik taʼminot harbiy akademiyasi bazasida oʻtkazilgan musobaqada Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari ishtirok etdi.

Xalqaro olimpiadada kursantlar ofis dasturlari bilan ishlash koʻnikmasi va dasturlash mahorati yoʻnalishidagi shartlarda oʻzaro bellashdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantaridan iborat terma jamoa yuqori natija qayd etdi. Yakuniy natijalarga koʻra, kursantlarimiz umumjamoa hisobida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Uchinchi oʻrinni qozogʻistonlik qoʻlga kiritgan boʻlsa, birin oʻrin mezbon jamoaga nasib etdi.

Taʼkidlash kerakki, 2018-yildan buyon mazkur musobaqada ishtirok etib kelayotgan oʻzbek oʻgʻlonlari har gal sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelmoqda.

Bugun, 18-mart kuni ertatongda faxrli oʻrinlardan birini qoʻlga kiritgan hamyurtlarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti