Samarqandda tinchlik uchun jon fido qilgan o‘g‘lon yaqinlariga bayram sovg‘alari ulashildi

0
2803

Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xotirasini abadiylashtirish va ularning jasoratini yoshlarga naʼmuna sifatida koʻrsatish maqsadida Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilar bir guruh yoshlar hamrohligida marhum Ulugʻbek Barnoyev xonadonida boʻldi.

Harbiy xizmatchilar Vatan tinchligi yo‘lida jon bergan qahramonimizning ota-onasiga sovgʻalar ulashib, bugungi tinch va farovon hayotni taʼminlashga hissa qoʻshgan shunday farzandni tarbiyalagani uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Ulugʻbekning otasi Abdulla bobo esa o‘g‘lining 2000-yil Sariosiyo va Uzun tumanlarida jangovar harakatlarda mardlarcha halok bo‘lgani, uning bolaligi, ilmga naqadar chanqoq bo‘lgani haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi. Shuningdek, xizmat faoliyati davomida erishgan yutuqlari va xalqaro terrorchi guruhlarga qarshi oʻtkazilgan jangovar harakatlarda faol ishtirok etgani uchun hukumatimiz tomonidan davlat mukofotlari bilan taqdirlangani, hech bir harbiy xizmatchi e’tibordan chetda qolmayotganini qayd etdi. 

“Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga qaratilayotgan yuksak e’tiborning izchil davomi ekani ta’kidlandi. 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati