Xalqaro musobaqada zafar quchgan harbiylarimiz taqdirlandi

0
2288

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida Pokistonda o‘tkazilgan “Jamoaviy ruh” xalqaro musobaqasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik harbiylarni taqidrlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Shuhrat Xolmuhamedov, mas’ul ofitserlar, davlat va jamoat tashkiloti vakillari va musobaqada O‘zbekiston sha’nini munosib himoya qilgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yurtimizda harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan sharoitlar, posbonlarimizning xalqaro maydonlarda erishayotgan yutuqlari kundan-kunga ortib borayotgan, dunyoning yetakchi davlatlari vakillari ham o‘zbekistonlik harbiylarning mahoratini e’tirof etayotganini ta’kidlab, musobaqa g‘oliblariga keyingi xizmatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Ta’kidlash kerakki, Pokiston Islom Respublikasida “6-Pokiston armiyasining jamoaviy ruhi” xalqaro musobaqasi (6-th International PATS Competition) 11 davlat oʻrtasida oʻtkazildi. Bahslar yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi 1-oʻrinni egalladi. Keyingi oʻrinlarni Saudiya Arabistoni, Qozogʻiston va Tailand jamoalari band etishdi.

Tantanali marosimda musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan harbiy xizmatchilar esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti