Samarqandda “Ibratli harbiy oila” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

0
2907

Oila kishilik jamiyatining eng mukammal ijodidir. Eng goʻzal insoniy tuygʻular oila atalmish kichik Vatanda shakllanadi, sayqal topadi. Yurt ravnaqi, mamlakat rivojida oilalarning oʻrni beqiyos. Chunki oʻziga xos bu kichik maskanda kelajak avlod shakllanadi, kamol topadi. Oʻzaro ahil, inoq mustahkam oila farzandlari esa yurt koriga kamarbasta insonlar boʻlib yetishadi.

Samarqand garnizonidagi harbiy qismda shu kabi maqsadlarda o‘zida mujassam etgan “Ibratli harbiy oila” koʻrik-tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlov zamirida harbiy xizmatchilar oilalarining jamiyatdagi nufuzini oshirish, maʻnan sogʻlom oilalarda barkamol yosh avlodni tarbiyalashdek ezgu niyatlar yotadi.

Koʻrik-tanlovda harbiy oilalar 4 ta shart boʻyicha bellashdi. 1-shart — “Mustahkam oila-jamiyat tayanchi”, 2-shart — “Ona-mohir yaratuvchi”, 3-shart — “Farzandim-dilbandim” va 4-shart — “Buyuk ajdodlar siymosi”.

Tanlovda munosib bellashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oilalar harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan diplom va qimmat baho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati