O‘zbekistonning 14 ta hududida bir vaqtda “Yangi nafas” marafoni o‘tkazildi — fotoreportaj

0
2580

Sog‘lom turmush tarzini yanada keng targ‘ib etish maqsadida Toshkent hamda O‘zbekistonning 13 ta hududida bugun, 12-mart kuni bir vaqtda “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqalari tashkil etildi.

Beshinchi bor tashkil etilayotgan ushbu ommaviy yugurish tadbirlarining bu galgi musobaqalari to‘rtta yo‘nalishda o‘tkazildi. Yaʼni:

  • 21 kilometrdan iborat yarim marafon;
  • 42 kilometr masofani qamrab olgan marafon;
  • 10 va 3 kilometrli ommaviy yugurish dasturlari;
  • bir kun oldin 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi kichik yugurish musobaqalari.

Mazkur musobaqalarda imkoniyati cheklangan, nogironligi mavjud insonlarning qatnashishi uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Toshkent shahrida V Toshkent xalqaro marafoni start va marra hududi Afrosiob gamda Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasida joylashdi. Musobaqalar quyidagi masofalarda o‘tkazildi:

  • erkaklar va ayollar o‘rtasida marafon — 42,195 kilometr;
  • erkaklar va ayollar o‘rtasida yarim marafon — 21,0975 kilometr;
  • erkaklar va ayollar o‘rtasida 10 kilometr masofaga poyga;
  • erkaklar va ayollar o‘rtasida 3 klilometr masofaga poyga.

Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Yangi nafas” yugurish musobaqalari “Toshkent marafoni” sifatida Xalqaro yengil atletika federatsiyasi taqvimidan joy olgan bo‘lib, uning natijalari reyting ko‘rsatkichlarida qayd etiladi. Bu musobaqalarda munosib natijaga erishgan sportchilar nufuzli musobaqalar uchun zarur ballarga ega bo‘ladi, deganidir.

Marafon g‘olib va sovrindorlari tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan taqdirlandi.

Toshkent shahri
Toshkent shahri
Toshkent shahri
Toshkent shahri
Toshkent shahri
Toshkent shahri
Toshkent shahri
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug