Surxondaryoda Navroʻz tantanalari boshlanib ketdi

0
1576

Bugun, 11-mart kuni Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanidagi markaziy “Paxtakor” oʻyingohida “Assalom, Navroʻz” bayram sayli boʻlib oʻtdi.

Ushbu bayram saylida Jarqoʻrgʻon tumani hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Bayram tadbirini ochib bergan Jarqoʻrgʻon tumani hokimi barchani Navroʻz bilan qutlar ekan, avvalo xayrli ishlar boshida fidoyi xalqning xizmati katta ekanligini ta’kidlab oʻtdi.

Minglab yurtdoshlarimizga bahoriy kayfiyat ulashgan tadbir tuman madaniyat uyi, sahnalashtirilgan folklor jamoalari, taniqli san’atkorlar, harbiy orkestr jamoalari ishtirokidagi badiiy va koʻngilochar chiqishlar bilan davom etdi.

Navroʻz tantanlari bir vaqtning oʻzida tuman istirohat bogʻidagi oʻyin-kulgilarga ham ulandi. Termiz garnizoni harbiy orkestri, faxriy qorovul va harbiy baxshilar har ikki “front”da ham tashabbuskor, xalqchil chiqishlari bilan yigʻilganlarda jangovar ruh va xushnudlik bahsh etdi.

Navroʻz tantanalariga oʻziga xos start bergan ushbu shukuhli sayllar Surxondaryoning barcha tumanlari boʻylab davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti