Dala oʻquv maydonlarida imkoniyatlar kengaymoqda

0
461

Mamlakatimiz Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni joriy yilda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida harbiy xizmatchilarning individual kasbiy tayyorgarligi va boʻlinmalarning jangovar tayyorgarligini yanada takomillashtirish yuzasidan dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi.

Bugungi kunda harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlarini sifatli va samarali oʻtkazish uchun harbiy okruglarning dala oʻquv maydonlarida, harbiy qismlardagi jangovar tayyorgarlik obyektlarida zamonaviy oʻquv-moddiy bazalar yanada yaxshilanmoqda.

Xususan, Sharqiy harbiy okrugning aholi yashash punktidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan “Shoʻrsuv” dala oʻquv maydonida ham harbiy xizmatchilarning jangovar taktik mashgʻulotlarni samarali bajarishlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Oʻq otish direktrisasi, yagona toʻsiqlar yoʻlagi, ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish shaharchasi, tibbiyot punkti va madaniy hordiq joylari qayta qurilib, yangi koʻrinishga keltirilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bunday olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligi, jangovar mahoratini oshirishga va boʻlinmalarning jangovar tayyorgarlik mashgʻuloti bilan amaliy ravishda shugʻullanishlari uchun xizmat qiladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati