Navroʻz sayillari baxt-u saodatimiz, farovon hayotimiz ifodasi

0
669

Toshkent viloyati Zangiota tumani 1-sektor hududida tuman hokimligi, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Navroʻz sayillari tashkil etildi.

Yangilanish va yasharish faslining eng muhim bayramlaridan biri bo‘lgan Navro‘z saylida 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan xalqimiz fidoyilari, harbiy xizmatchilar, sportchi va faollar ishtirok etdi.

Doshqozonlarda tayyorlangan milliy taomlarimiz, sumalak, palov va ko‘k somsalar sayilga tashrif buyurganlarga tarqatildi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan nomiyish etilgan qoʻl jangi chiqishlari, robototexnika vositalari, zamonaviy oʻq-otar qurollar hamda aloqa vositalarining koʻrgazmasi yoshlar qalbida Vatanga boʻlgan sadoqatini uygʻotib, ularda harbiylikga boʻlgan havas va qiziqishlarini oshirishga xizmat qildi.

Harbiy ansambl xonandalari tomonidan ijro etilgan Vatan va bahor haqidagi kuy-qoʻshiqlar katta-yu kichikda esda qolardi taassurotlar qoldirdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti