Ofitserlar uchun malaka oshirish oʻquvi boshlandi

0
2088

Harbiy xizmatchilar ongiga milliy mustaqilligimizni asrash, har qanday tajovuzga qarshi mardonavor kurashish, yurt himoyachisi nomini sharaf bilan oqlashni chuqur singdirish — Qurolli Kuchlarda yuqori jangovar shaylik, barqaror axloqiy-ruhiy holat hamda shaxsiy tarkibning gʻalabaga boʻlgan mustahkam ishonchini taʼminlashning eng muhim shartidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish, turli murakkab va ogʻir vaziyatlarga nisbatan ruhiy bardoshliligini, yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini mustahkamlash orqali milliy armiyamizning jangovar shayligi va qudratini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Xalqaro islom akademiyasida qoʻmondonlik tarkibi ofitserlarining “Yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari” maxsus dasturi boʻyicha oʻqishlari boshlandi.

72 soatdan iborat malaka oshirish kursida oʻqishlari davomida akademiyaning yuqori malakala professor oʻqituvchilari tomonidan qoʻmondonlik tarkibi ofitserlariga qoʻshinlarda harbiy xizmatchilarning yuqori axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini taʼminlash, ularda turli buzgʻunchi gʻoya va taʼsirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, harbiy jamoalarda yuksak harbiy intizom, oʻzaro yordam va hamjihatlik, jangovar oʻrtoqlik muhitini qaror toptirishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora tadbirlar, ularning yoʻllari va vositalari haqidagi yangi bilim va tushunchalar beriladi.

Mazkur oʻquvlar orqali barcha boʻgʻindagi komandir va boshliqlarning asosiy faoliyatini harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirishga safarbar etishdan iboratdir.

Shuningdek, ushbu oʻquvlar davomida tinglovchilarning yurtimizning diqqatga sazovor obidalari, muzeylar va muqaddas qadamjolarga tashrifi ham belgilab qoʻyilgan.

Ro‘ziqul Ochilov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti