Oliy harbiy taʼlim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi

0
2072

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida harbiy taʼlim darajasini yanada yuksaltirish, taʼlim sifatini ilgʻor xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish hamda bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish kabi vazifalar Mudofaa vazirligining oldiga qoʻyilgan.

Bu borada olib borilayotgan ishlar, yangi innovatsion loyihalar hamda kursantlarning zamonaviy taʼlim olishlarini jadallashtirish, harbiy xizmatchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash borasida amalga oshirayotgan ishlarni koʻzdan kechirish va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev Axborot–kommunikatsiya texnalogiyalari va aloqa harbiy institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari harbiy institut faoliyati, kursantlarning taʼlim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy oʻquv sinflari, ilmiy tadqiqotlar labaratoriyalari, Sohibqiron Amir Temur va sulton Jaloliddin Manguberdi tematik sinflari, shuningdek, amalga oshirilayotgan yangi innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishib, ofitserlar, professor-oʻqituvchilar va kursantlar bilan sohani rivojlantirish boʻyicha suhbatlashdi.

Suhbat davomida vazir o‘rinbosari kursantlarga bugungi kunda xalqaro maydonda yuz berayotgan harbiy siyosiy vaziyatlarni toʻgʻri tahlil qilish, nostandart vaziyatlarda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishi kerakligini ta’kidladi.

Mayor Sherqoʻzi Hakimov, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti