Karmana tumanida tematik sinflar foydalanishga topshirildi

0
803

Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism tashabbusi bilan Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabida buyuk bobokalonlarimizning jang san’ati va qahramonligi aks ettirilgan tematik sinflar tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimligi, xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari, nuroniylar va Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etdi.

Dastlab mutassaddilar ta’lim muassasasida o‘quvchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy va shinam dars xonalari, sport maydonchalari bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirning asosiy qismi “Buyuk sohibqiron Amir Temur”  va “Turon qoploni Jaloliddin Manguberdi” sinfida o‘tkazildi.  Harbiy xizmatchilar tomonidan Amir Temur va Jaloliddin Manguberdining davlat boshqaruvidagi mahorati, sarkardalik qobilyati, jasoratli harbiy yurishlari to‘g‘risida o‘quvchilarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir davomida qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi, shuningdek, qo‘l jangi chiqishlari ham bo‘lib o‘tdi.

Yakunda nuroniylar, ustozlar va faol o‘quvchi yoshlarga qo‘mondon nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti