Davlat Bobonov Toshkent “Katta dubulgʻa” turniri chempioni

0
608

Jahon chempioni Mudofaa vazirligi sportchisi katta leytenant Davlat Bobonov Toshkent “Katta dubulgʻa” turnirining oltin medalini qoʻlga kiritdi. Yaponiyalik Sanshiro Miraoga qarshi bellashgan dzyudochimiz ajoyib gʻalabaga erishdi va terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni taqdim qildi.

Davlat Bobonov faoliyatida ikkinchi bor “Katta dubulgʻa” turnirlaridagi oltin medalga sazovor boʻldi. Ushbu natija unga jahon reytingidagi peshqadamlikni mustahkamlashga yordam berish barobarida Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida 500 ochko taqdim etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti