Farg‘onada “Vatan tayanchi” ko‘krak nishonlari topshirildi

0
1132

Qoʻqon shahridagi Xudoyorxon oʻrdasida “Vatan tayanchi” otryadining Qoʻqon shahri, Beshariq hamda Oʻzbekiston tumanlaridagi aʻzolariga koʻkrak nishonlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari maʻsul ofitserlari, Qurolli Kuchlar faxriylari, Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Fargʻona viloyat kengashi, Yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari va maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Fargʻona viloyatidagi 941 ta umumtaʻlim maktablarining har birida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harakati guruhlari faoliyat yuritmoqda. Ushbu vatanparvarlik tashkilotlari oʻz safiga 17 571 nafar oʻquvchini birlashtirgan.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati