Buxoroda “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinining birinchi mavsumi boshlandi

0
688

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Buxoro garnizonidagi harbiy qismda 100 nafar yoshlar uchun “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinining birinchi mavsumi boshlandi.

10 kunlik yigʻin davomida yoshlar bilan ularni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha yetakchi mutaxassislar tomonidan turli mavzudagi trening va mashgʻulotlar olib boriladi.

Ishtirokchilar yigʻinning dastlabki kunlaridan boshlab “Yosh tadbirkorlar”, “Yosh IT dasturchilar”, “Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish” hamda “Yosh duradgorlar” singari guruhlarga boʻlinib, mashgʻulotlarga kirishdi.

Shuningdek, yigʻin davomida Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati kengashi, tegishli idora xodimlari tomonidan “Diniy ekstremizm va terrorizm taraqqiyot va barqarorlikka tahdid” mavzusida uchrashuv ham boʻlib oʻtdi.

Bu kabi nazariy va amaliy mashgʻulotlar hamda davra suhbatlari ishtirokchilarning turli sohalardagi bilim va tajribalarini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. Tashkil etilayotgan mazkur tadbirlar mohiyatida ham ayni shu maqsadlar mujassam.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati