“Tirik xotira”: harbiy xizmatchilar faxriylar holidan xabar oldi

0
621

Oʻtgan asrning 80-yillarida “paxta ishi” boʻyicha oʻtkazilgan qatagʻon qancha-qancha yurtdoshlarimizning yostigʻini quritdi, tirik qolganlarining qalbida esa oʻchmas alam izlari qoldi. Bu voqealarga 40 yildan oshgan boʻlsa-da, oramizda oʻsha kunlar jabrini tortgan insonlarning borligi va ular bugungi kunda yosh avlod uchun matonat timsoli sifatida qadrlanishi eʼtirofga sazovordir.

Mudofaa va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida oʻtkazilgan “Tirik xotira” deb nomlangan tadbir shunday kunlar jabrini tortgan insonlarning hayot yoʻliga bagʻishlandi. Tadbir doirasida harbiy xizmatchilar Mirzo Ulugʻbek tuman “Nuroniylar” kengashi vakillari hamda oʻquvchi-yoshlar bilan birgalikda faxriylar ziyorat qilindi. Samimiy davrada xotiralar yodga olindi. Jamoatchilik vakillarining bu tashrifidan cheksiz shod boʻlgan keksalar oʻz minnatdorchiligini hayajon bilan izhor qildi, qoʻllar duoga ochildi.

“Tashrifingizdan juda xursand boʻldim. Bizni yoʻqlaganlarni Alloh buyuk qilsin. Ilohim yurtdoshlarimiz koʻnglidagi mehr-oqibat yoʻqolmasin, yurtimiz tinchligi abadiy boʻlsin”, — deydi faxriy Oqil Salimov.

Tadbir koʻtarinki ruhda oʻtdi. Harbiy orkestr sadolari va, ayniqsa, Marat Hakimov tomonidan ijro etgan retro qoʻshiqlar koʻngillardagi gʻuborlarni aritdi.

Podpolkovnik Gulnora Xojimurodova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti