Soha mutaxassislarining koʻnikmasi oshirildi

0
598

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida Qurolli Kuchlar akademiyasining bir guruh rahbar va pedagog kadrlari “Boshqaruv psixologiyasi va menejment” oʻquv kursida malaka oshirishdi.

Kurs davomida ofitserlar psixologik bilimlardan va vaqtdan samarali foydalanish usullari, liderlik sifatlarini rivojlantirish, jamoani jipslashtirish, xodimlarga motivatsiya berish, kreativ fikrlash, stress va stressli vaziyatlardan toʻgʻri chiqish boʻyicha oʻz malaka va koʻnikmalarini yangi zamonaviy bilimlar bilan boyitishdi.

Shu bilan birga, maqsadni toʻgʻri qoʻygan holda reja tuzish, eng muhim va dolzarb ish bilan uncha muhim boʻlmagan vazifalarni ajrata olish, vaqtni toʻgʻri taqsimlash, “taym-menejment” usullari boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishdi.

Kurs mobaynida mutaxassislarni kompitentlik darajasini oshirish hamda rahbarning shaxslararo munosabatdagi muloqot madaniyatiga qaratilgan maʼruza va trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Oʻquv kursi yakunida 19 nafar ofitserga malaka sertifikatlari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti