Prezident maktabi oʻquvchilari “Harbiy qismda bir kun” loyihasida ishtirok etdi

0
626

Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonidagi harbiy qismda Navoiy shahrida joylashgan Prezident maktabida tahsil olayotgan oʻquvchi yoshlar uuchun “ʻHarbiy qismda bir kun” loyihasi tashkil etildi.

Dastlab harbiy orkestr sadolari ostida kutib olingan yoshlarga harbiy liboslar berilib, ular harbiy qismda yratilgan shart-sharoitlar tanishtirildi. Shundan so‘ng, mehmonlar muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlagan qoʻl jangi, faxriy qorovulning saf chiqishlar hamda harbiy texnika va qurol-aslahalarni tomosha qildi.

Bir kun bo‘lsada haqiqiy harbiy hayotni boshdan kechirgan yoshlar askarlar oshxonasida tushlik qildi, kutubxonadagi badiiy adabiyotlarni ko‘zdan kechirdi, madaniy hordiq dasturlariga koʻra hujjatli film tomosha qildilar.

Yakunda oʻquvchi yoshlarning harbiy qismda olgan taassurotlarini bilish maqsadida gulxan atrofida davra suhbati oʻtkazildi va yoshlar ushbu kun hayotida unutilmas onlarga boy boʻlganini bildirishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati