Nukusda “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini yakunlandi

0
1031

20-fevral kuni Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoshlari uchun o‘n kunlik “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini boshlangan edi. Kuni kecha mazkur yig‘inning yakuniga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.

Garnizon Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tashkil etilgan marosimda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqargʻi Kenges raisi Amanbay Orinbayev va Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Farhodjon Shermatov so‘zga chiqib, yig‘in ishtirokchilari qutladilar.

Shundan so‘ng, “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini mashgʻulotlarida faollik koʻrsatgan ishtirokchilarga faxriy yorliq, esdalik sovgʻalari hamda hunar egallash istagini bildirgan yoshlar Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi hamda “Ishga marhamat” monomarkaziga yoʻllanmalar topshirildi.

Tadbir soʻnggida harbiy orkestr jamoasining konsert dasturi hamda faxriy qorovulning saf elementlaridan iborat koʻrgazmali chiqishlari barcha yanada xush kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanay tumani umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” otryadining 32 nafar aʼzosiga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari polkovnik Ulugʻbek Dusmatov, tuman hokimi Bahodir Yangiboyev, Mudofaa ishlari boshqarmasi, harbiy prokuratura, tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati