Qonun ishchi guruh yigʻilishida qizgʻin muhokama qilindi

0
997

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda senatorlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari doimiy komissiyalari raislari, qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlari vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya hamda boshqa bir qator vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Muhokama qilingan yangi tahrirdagi Qonun bilan Vatanimiz sarhadlarini himoya qilishga masʼul boʻlgan vazirlik va idoralarning oʻz vakolati doirasida belgilangan vazifalarni bajarishida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tushunmovchiliklarga barham berilib, ularning oʻzaro hamkorlik masalalari aniq belgilab qoʻyildi.

Qonun 9 ta bob, 73 ta moddadan iborat. Nimaga xizmat qilishi, unga kiritilayotgan yangiliklar haqida batafsil maʼlumot olgan vazirlik va idoralar vakillari muhokama qilinayotgan Qonun boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti