Mudofaa vazirligi sportchilari “Stranja” turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

0
630

O‘zbekistonlik bokschilar Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha «Kichik jahon chempionati» nomini olgan «Stranja» turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

74-bor tashkil etilgan ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 18 ta medal jamg‘arishga erishdi. Terma jamoamiz bunday faxrli o‘rin olishiga Mudofaa vazirligi sportchilari ham munosib hissa qo‘shgan bo‘lib, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Oltin medal:

  • -48 kg — Shodiyorjon Meliqo‘ziyev;
  • -51 kg — Hasanboy Do‘smatov;
  • -63,5 kg — Mujbillo Tursunov;
  • -67 kg — Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;
  • -71 kg — Saidjamshid Ja’farov (Mudofaa vazirligi Sport markazi);
  • -86 kg — Shohjahon Abdullayev;
  • +92 kg — Bahodir Jalolov.

Kumush medal:

  • -54 kg — Mirazizbek Mirzahalilov (Mudofaa vazirligi Sport markazi);
  • -60 kg — Adhamjon Muhiddinov;
  • -63,5 kg — Ruslan Abdullayev;
  • -67 kg — Begzod Hamidov;
  • -48 kg — Saidaxon Rahmonova.

 

Bronza medal:

  • -60 kg — Shunqor Abdurasulov (Mudofaa vazirligi Sport markazi);
  • -60 kg — Dilshod Abdumurodov;
  • -63 kg — Xadichabonu Abdullayeva;
  • -71 kg — Nurislom Ismoilov;
  • -75 kg — Havasbek Asadullayev;
  • -80 kg — Jasurbek Yo‘ldoshev.