Mafkuraviy immunitetni mustahkamlash yoʻlida

0
1195

Mudofaa vazirligi majlislar zalida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad Mudofaa vazirligi markaziy apparati shaxsiy tarkibining har qanday yot gʻoyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetini mustahkamlash hamda harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari orasida diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini singib kirishining oldini olishga qaratildi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan “Salbiy axborot xurujlarning mazmun-mohiyati, maqsadi, manbalari va vositalari” hamda “Axborot isteʼmoli va internet, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati” mavzularida davra suhbati oʻtkazilib, shaxsiy tarkibning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Leytenant Dilshod ROʻZIQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti