Sayyor qabul — xalq bilan ochiq va faol muloqot

0
1310

Urganch shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida Urganch garnizonidagi harbiy qism va muassasalarda o‘z xizmat burchini o‘tayotgan harbiy xizmatchilari, ularning oila aʼzolari, harbiy pensionerlar va fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Unda mudofaa vazirining oʻrinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, respublika harbiy prokurorining oʻrinbosari, Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻmondoni, Milliy gvardiya, DXX Chegara qoʻshinlari, IIV Qorovul qoʻshinlari, Xorazm viloyati xalq qabulxonasi rahbariyati va boshqa mutasaddi idoralar masʼullari ishtirok etdi. Ommaviy sayyor qabul davomida fuqarolarning harbiy xizmatni oʻtash, oilalarning bandligini taʼminlash, uy-joy hamda boshqa shu kabi masalalarga doir murojaatlari tinglandi.

Ochiq va faol muloqotga boy oʻtgan qabulda 130 ta murojaat roʻyxatga olinib, 52 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 32 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, qolganlari ijro uchun nazoratga olindi.

Shu kuni, harbiy xizmatchilarning oilalarini ijtimoiy himoyalash hamda bandligini taʼminlash maqsadida mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, ishlash istagini bildirgan oila bekalariga mutaxassisligi boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari taklif etildi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati