“Eng ilg‘or ko‘chma ta’mirlash ustaxonasi” g‘oliblari tantanali kutib olindi

0
1640

Joriy yilning 22-24 fevral kunlari “Chirchiq” poligonida Mudofaa vazirligi miqyosidagi “Eng ilg‘or ko‘chma ta’mirlash ustaxonasi” ko‘rik tanlovi bo’lib o‘tdi.

Ushbu ko‘rik tanlov shartlariga ko‘ra, jamolar 1 kilometr 200 metr masofa oralig‘ida 9 ta turli to‘siqlar orqali o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amallarni bajarishdi va yakuniy natijalarga ko‘ra Markaziy harbiy okrug jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bugun okrug shtabida ko‘rik tanlov g‘oliblarini tantanali kutib olish marosmi o‘tkazilib, unda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayev hamda harbiy qism va muassasalardagi ta’mirlash ustaxonalaridagi mutaxassislar ishtirok etdi.

Okrug qo‘mondoni musobaqa g‘oliblarini ushbu g‘alabasi bilan muborakbod etib, joriy yilda erishilgan ilk yutug‘ning bardavom bo‘lishini tiladi va jamoa vakillariga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati