Harbiy qismlarda ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

0
1429

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent viloyati va poytaxtimizda joylashgan harbiy qismlarda “Qo‘riqlanayotgan obyektda favqulodda holatlar yuz berganda hamkorlikdagi kuch tuzilmalar bilan birgalikda toifalangan obyektlarni xavfsizligini ta’minlashdagi harakatlar” mavzusida ko‘rgazmali majmuaviy taktik-maxsus o‘quvi o‘tkazildi.

O‘quvda hamkor tuzilmalar bilan birgalikda yuksak jangovar shaylikni sinovdan o‘tkazish hamda obyektlarni qo‘riqlash yuzasidan birgalikda harakatlarni muvofiqlashtirish maqsad qilindi. Shuningdek, sodir etilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy tabiiy va texnogen ofatlarni bartaraf etishda harakatlar uyg‘unligini ta‘minlash ham kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘ldi.

Amaliy mashg‘ulotlarda hamkorlikdagi kuch tuzulmalarning Toshkent viloyati bo‘yicha hududiy tezkor guruhlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va qo‘riqlanayotgan obyektlar rahbarlari ishtirok etdi. O‘quvga OAV va keng jamoatchilik vakillari taklif qilinib, barcha o‘quv nuqtalari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar mashg‘ulot rahbarlari tomonidan sharhlab borildi.  

Mashg‘ulot yakunida hududiy kuch ishlalar tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni yana mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro kelishuvlar amalga oshirilib, mavjud rejalarga aniqlik kiritib olindi.

Bunday mashg‘ulotlarni tashkillashtirish va o‘tkazish harbiy xizmatchilarning ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish tajribasini oshirib, hamkorlikdagi tuzilmalar bilan vazifalarni uyg‘unlikda bexato bajarish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti