Jizzaxda mehnat va kitob yarmakalari tashkil etildi

0
640

Jizzax garnizonidagi harbiy qism va muassasalari harbiy xizmatchilarning ish bilan band boʻlmagan oilalari uchun Jizzax harbiy prokuraturasi va viloyat kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda “Ishga marhamat” monomarkazi hamkorlikda “Mehnat yarmakasi”, “Sayyor qabul” hamda “Kitob yarmakasi” tashkil etildi.

Tadbirda 25 dan ortiq davlat va jamoat tashkilotlari oʻzlarining 120 ga yaqin boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etib, korxona va tashkilotlardan tashrif buyurgan vakillar harbiy oilalar uchun oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida batafsil maʼlumot berishdi.

Ushbu mehnat yarmarkasi harbiy xizmatchilarning oila aʻzolarini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga hunarmandchilik sirlarini oʻrgantish, boʻsh ish oʻrinlarida faoliyat yuritishlarini taʻminlash bilan ahamiyatlidir. Tadbir jarayonida, ayniqsa, “Ishga marhamat” monomarkazi tomonidan olib borilgan mahorat darslari bir qancha oilalarda tadbirkor boʻlish istagini uygʻotdi.

Sayyor qabulda mutaxassislar tomonidan harbiy xizmatchilarning murojaatlari tinglandi hamda ularning oila aʼzolari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga eʼtibor qaratildi.

Kitoblar yarmarkasida harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari oʻzlarini qiziqtirgan turli adabiyotlardan xarid qilishdi. Inson maʼnaviyatini yuksaltirishda kitobning oʻrni muhim ahamiyatga ega. 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati