Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida jangovar-taktik oʻquv mashgʻulotlari yakunlandi

0
882

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida rejalashtirilgan jangovar-taktik oʻquv mashgʻulotlari boshlangani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Bugun, 24-fevral kuni oʻtkazilgan oʻquv mashgʻulotlarning asosiy jarayonlari kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan rejaga asosan dala oʻquv maydonlarida olib borildi.

Mashgʻulot rejasidan nafaqat jamoaviy harakatlanish, balki yaradorlarni evakuatsiya qilish ham oʻrin oldi. Harakat chogʻida dovyurak oʻgʻlonlar oʻziga qulay joylarda istehkomlarni yegallab, belgilangan pozitsiyalar, koʻrsatilgan nishonlarni yakson yetdi.

Andijon va Soʻx garnizonlarida ham boʻlinmalarga jangovar texnika va qurollardan foydalanib, shartli dushmanni aniqlash hamda yoʻq qilish vazifasi berildi. Harbiy xizmatchilar ushbu berilgan vazifani aʼlo darajada bajarib, nishonlarni yuqori aniqlik bilan yoʻq qilishga erishdi.

Mashgʻulotlar davomida harbiy xizmatchilar real vaziyatlarga yaqinlashtirilgan jang holatida harakatlanishning yangi uslublarini oʻzlashtirib, kasbiy koʻnikmalarini mustahkamladi va kuzlangan maqsadlarga erishildi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti