Termizda o‘quvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
511

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasidir. Bu borada joylardagi umumtaʼlim maktablari va harbiy qismlarning hamkorlik aloqalari oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarini Vatanga sadoqat ruhida kamol toptirishga xizmat qilmoqda.

Shu kabi maqsadlar yo‘lida navbatdagi tadbir Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda “Milliy armiyamiz Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Unda okrug qo‘mondonligi Termiz garnizoni harbiy prokuruturasi bilan hamkorlikda Termiz shahrida joylashgan 6 ta umumtaʼlim maktabi hamda 3 ta mahalla fuqarolar yigʻini yoshlari tashrif buyurdi.

Dastlab yoshlar harbiy orkestr kuy-sadolari ostida harbiy qism nazorat oʻtkazish joyida tantanali kutib olindi, shundan soʻng harbiy qism saf maydonida vatanparvarlik soati oʻtildi. Kelajakda harbiy boʻlishni maqsad qilgan yoshlarga respublikamizdagi Oliy harbiy bilim yurtlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan soʻng ishtirokchilar harbiy qismda mavjud zamonaviy texnika va qurol-yaroqlar, harbiy qism tarixi muzeyi va harbiy xizmatchilarning doimiy ravishda sport bilan shugʻullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda harbiy qism kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Kun davomida harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida sport oʻyinlari hamda Team building musobaqalari boʻlib oʻtdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarimiz ongida Vatanga boʻlgan muhabbat ruhini shakllantirishda mustahkam poydevor vazifasini oʻtashi shubhasiz.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni