Navbatdagi chaqiruv jarayonlari qat’iy nazorat ostida o‘tkazilmoqda

0
934

Markaziy harbiy okrugning Samarqand, Jizzax va Navoiy garnizonlarida 2023-yil mart-aprel oylarida chaqiruv yoshidagi fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yuborish uchun hududiy tibbiy komissiyalari tomonidan tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda.

Ayni apytda muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvni samarali tashkil etish maqsadida butlash komissiyasi tuzilgan va koʻrikdan so‘ng natijalar asosida butlash komissiyasi tomonidan chaqiriluvchilar shahar yigʻuv punktiga yuboriladi.

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, garnizonlardagi harbiy qism komandirlari va ularning o‘rinbosarlari, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari komissiya a’zolari tarkibiga kiritildi.

Chaqiruv mavsumi qat’iy nazorat ostida adolatli va shaffof tarzda olib borilib, chaqiriluvchilar barcha me’yorlarga amal qilgan holda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Bu kabi qat’iy nazorat va hamjihatlikda olib borilayotgan ishlar milliy armiyamizni ham ruhan, ham jismonan sog‘lom, kuchli yoshlar bilan butlashga xizmat qiladi.

 Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati