Surxondaryoda “Balli, ayollar” koʻrik tanlovining garnizon bosqichi gʻoliblari aniqlandi

0
1081

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birining Madaniyat markazida hududdagi harbiy qismlarda xizmat vazifasini o‘tab kelayotgan harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari o‘rtasida “Balli, ayollar” ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bellashuvda ishtirokchilarning turli sohalardagi bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. “Men namunali harbiy oila bekasiman!” shiori ostidagi tanlovda harbiy qismlar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 6 nafar ishtirokchi “Men namunali oila bekasiman”, “Ignadan ip o‘tmasa”,  “Baxru bayt” va “Biz To‘maris izdoshlarimiz” kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Hakamlar hay’ati tomonidan shaffof baholab borilgan ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, Nurjamol To‘rayeva 3-o‘rinni, Go‘zal Navro‘zova 2-o‘rinni egalladi. Sarvinoz Karimova esa musobaqaning mutlaq g‘olibi deb topildi. Tanlovda g‘alaba qozongan ishtirokchilar okrug qo‘mondonligi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting