Toshkentda qo’l jangi bo’yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi

0
1852

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida qo’l jangi bo’yicha o’smirlar, yoshlar va kattalar o’rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o’tdi.

Musobaqaning bugungi final bahslari ochilish marosimida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi raisi — Milliy gvardiya qo‘mondoni R. Djurayev hamda Yoshlar siyosati va sport vaziri A. Ikromovlar nutq so‘zlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

CHempionatda yurtimizning barcha viloyatlaridan 1200 dan ortiq qo’l jangi ustalari 2 kun davomida g’oliblik uchun bahs olib borishdi. Xususan, bugun bo‘lib o‘tgan final janglarida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Prezident xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati vakillari o‘zaro bahslashdi.

Final bahslarida Mudofaa vazirligi vakillari ham munosib ishtirok etib, turli vazn toifasida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.  Xususan, 57 kilogram vazn toifasida Toshkent harbiy okrugida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askar Murodjon Normuhammatov 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 80 kilogram vazn toifasida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi harbiy xizmatchisi kichik serjant Og‘abek Qodirov faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.  

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti