Jizzaxda “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining navbatdagi mavsumi yakunlandi

0
702

Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizonidagi harbiy qismda viloyatning shahar va tumanlarida istiqomat qiluvchi 100 nafar yigit uchun tashkil etilgan oʻn kunlik “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini oʻz nihoyasiga yetdi.

Oʻn kun davomida yigʻin ishtirokchilari bilan harbiy qismda jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari, tadbirkorlik hamda kasb-hunar o‘rganish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Bundan tashqari yig‘in ishtirokchilari o‘rtasida viloyat hokimi kubogi uchun “Kamondan oq otish”, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi uchun “Harbiy estafeta”, viloyat prokurori kubogi uchun “Milliy kurash”, viloyat IIB boshlig‘i kubogi uchun “Voleybol”, viloyat DXX boshlig‘i kubogi uchun “Shaxmat” bo’yicha sport musobaqalari hamda Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi kubogi uchun uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tantanali yopilish marosimida Jizzax viloyati hokimligi, okrug qoʻmondonligi, DXX, IIB va viloyat prokuraturasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi, keng jamoatchilik vakillari hamda yig‘in ishtirokchilarining ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olganlar yoshlarning kelgusi faoliyatlarida ulkan muvofaqqiyatlar tilab, harbiy qismda oʻrgangan tartib-intizomi, egallagan kasb-hunarlaridan va eng muhimi, hukumatimiz tomonidan ularga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini tilashdi. Shuningdek, ularga egallagan kasb-hunari, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda IT yo‘nalishi bo‘yicha sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Yig‘in davomida o‘tkazilgan sport musobaqlari hamda “Zakovat” intellektual o‘yinida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar tashkilotchilarining kubog, diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati