Nukus garnizonida tabiiy ofatlarning odini olish boʻyicha koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazildi

0
1100

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan hududda texnogen ofatlar sodir boʻlganda hamkorlik masalalarini oʻrnatish, ularning oldini olish, bunday holatlarda fuqaro xavfsizligini taʼminlash, aholini xabarlantirish, qutqaruv ishlarini olib borish va boshqarish, yaradorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Nukus garnizonida koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Texnogen avariyalarni bartaraf etish ishlarini olib borishda kuch tuzilmalarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash, aholi evakuatsiyasini tashkil etish hamda mavzuga oid soha mutaxassislarining maʼruzalari harbiy xizmatchilar tomonidan tinglandi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati