“Balli, ayollar!” ko‘rik-tanlovining qo‘mondonlik bosqichi bo‘lib o‘tdi

0
1182

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligida “Men namunali harbiy oila bekasiman!” shiori ostida “Balli, ayollar!” ko‘rik-tanlovining qo‘mondonlik bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda jami to‘qqiz nafar harbiy oila bekasi o‘z mahoratlarini onlayn videokonferensiya shaklida munosib namoyon etishga harakat qilishdi. 

Ko‘rik-tanlov nizomida belgilangan qoidalarga ko‘ra, ishtirokchilar “Men namunali harbiy oila bekasiman”, “Ignadan ip o‘tmasa”, “Baxru bayt”, “ To‘maris izdoshlarimiz” shartlarida bellashdi. Har bir shart yakuni bo‘yicha ishtirokchilar hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan munosib baholab borildi.

Tanlov shartlariga puxta tayyorgarlik ko‘rib, tomoshabinlarning mehrini qozongan mayor Akmaljon Sulaymonovning turmush o‘rtog‘i Dilnoza Sulaymonova  bellashuvda faxrli 1-o‘rinni egallab, Mudofaa vazirligi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Sherzod EGAMBERDIYEV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti