Farg‘onada «Jasorat maktabi» harbiy-vatanparvarlik yig‘ini yakunlandi

0
648

Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda viloyatning turli hududlaridan muqim ish joyiga ega bo‘lmagan hamda ichki ishlar nazoratida turgan yoshlar uchun “Armiya — vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida 10 kunlik “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini boshlangan edi.

Loyihani samaradorligini oshirish maqsadida yig‘in ishtirokchilari guruhlarga taqsimlanib, har bir guruhga malakali ofitser va serjantlar biriktirildi. 10 kun davomida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, qolaversa, harbiylik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilgan tadbrilar yuqori saviyada amalga oshirildi.

 

Kuni kecha “Armiya — vatanparvarlik va jasorat makatabi” shiori ostida o‘tkazilgan yoshlar yig‘inining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘in yakuniga bag‘ishlangan tadbirda harbiy xizmatchilar, Farg‘ona harbiy prokuraturasi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tantanali tadbirda yigitlarga harbiy qism komandirining esdalik sovg‘alari hamda Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazining sertifikatlari topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati