Amaliy seminar: “Harbiy xizmatchilar chet tillarini bilishi muhim”

0
591

Qurolli Kuchlar “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi tayyorlash markazida “Rossotrudnichestvo” tashkiloti ishtirokida “TRKI-3 imtihonining o‘ziga xos xususiyatlari: topshiriqlar tuzilishi va formati” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda mudofaa vazirligi oliy harbiy bilim yurtlari va markaz o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Mashg‘ulot avvalida markaz boshlig‘i polkovnik Baxtiyor Dusniyazov harbiy xizmatchilarning chet tillarini bilishi bugungi kunda qanchalik muhimligi haqida so‘z yuritdi va seminar ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Mashg‘ulotlarni “Rossotrudnichestvo”ning malakali mutaxassislari bo‘lmish Irina Suljina, Anastasiya Kosareva va Anastasiya Fedoseyevalar olib bordi.

“Rossotrudnichestvo” koordinatori Irina Suljina rus tilini chet tili sifatida o‘rganish bo‘yicha yangi adabiyotlar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, seminar yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida o‘zaro fikr almashdi va kelgusida bajariladigan ishlarni muhokama qildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti