Qurolli Kuchlari akademiyasida yot g‘oyalarga qarshi kurashishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi

0
993

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida harbiy xizmatchilar uchun turli yot g‘oyalarga qarshi kurashish, suitsid va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish va Vatanga xizmat qilishnung mazmun-mohiyatini yanada chuqur anglatishga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor Yunusov, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasidan adliya podpolkovnigi Sardorbek Yormatov, kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilar, oddiy askarlar va ofitserlar ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor Yunusov harbiy xizmatchilarga Vatanni sadoqat bilan himoya qilishdagi harbiy xizmatchilarning burchlari nimalardan iborat ekanligini, bunda harbiy xizmatchilardan talab etiladigan vazifalarning mohiyati hamda turli yot g‘oyalar, oqimlardan ogoh bo‘lish va harbiy xizmatchilarning hissiyotga berilmasdan o‘z xizmatiga sidqidildan kirishishlari haqida ma’ruzalar qildi.

Shuningdek, adliya podpolkovnigi Sardorbek Yormatov harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar va ulardan unumli foydalanish hamda faoliyati davomida milliy g‘urur bilan Vatanga xizmat qilishi lozimligi haqidagi fikr-mulohazalari va tavsiyalari tinglandi.

Tadbirda asosan harbiy xizmatchilarning vatanparvarlik, milliy g‘urur va milliy iftixor tuyg‘ularini yanada oshirish hamda shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, turli suitsid holatlarini kelib chiqish sabablari va uning jamiyat uchun o‘ta xatarli, ya’ni og‘ir gunoh ekanligi haqida tushunchalar berishga e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar bilan ochiq muloqot tarzida savol-javoblar o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar departamenti