Navbatdagi chaqiruv mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

0
784

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, Samarqand, Jizzax hamda Navoiy harbiy prokuraturalari bilan hamkorlikda navbatdagi chaqiruv mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Ma’lumki, tez orada mamlakatimiz bo‘ylab milliy armiyamiz saflarida yigitlik burchini ado etishni maqsad qilgan er yigitlarni muddatli harbiy xizmatga yuborish bo‘yicha navbatdagi chaqiruv mavsumi boshlanadi va uni samarali tashkil etishda joylardagi mudofaa ishlar boshqarmasi va bo‘limlaridagi xodimlarning ma’suliyati ortadi.

Tadbirda dastlab o‘tkan mavsumda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va muammolar qattiq tanqid ostiga olindi. Shuningdek, chaqiruv mavsumidagi qat’iy nazorat va hamjihatlikda olib boriladigan ishlar xususida fikr yuritilib, chaqiriluvchilarning salomatligini kafolatlash, soha vakillarining harbiy burchi, shaxsiy mas’uliyati va xalqiga bo‘lgan sadoqatini yanada oshirishga qaratilgan tadbirlarga e’tibor qaratildi.   

Shuningdek, chaqiruv mavsumida korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan “Korrupsiya — milliy xavfsilikka tahdid” hamda “Chaqiruv mavsumida korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi. Jumladan, chaqiruv mavsumida saralashdan o‘tolmagan yigitlarning ota-onalari va yaqinlari tomonidan farzandini armiyaga yuborishga zamin yuratish uchun turli yo‘llar qidirish holatlari ko‘p uchrashi ta’kidlanib, soha xodimlari bu masalada mas’uliyatni yanada oshirishga chaqirildi.

Onlayn videoaloqa tarzida o‘tkazilgan tadbir davomida O‘zbekiston fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga chaqirish va belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan hamda rezervga bo‘shatilgan fuqarolarni manzillarga tashish tadbirlarini tashkillashtirish bo‘yicha ham tegishli ma’lumotlar berib o‘tildi. 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati