Huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid davra suhbati bo‘lib o‘tdi

0
658

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” kuni doirasida “Internet orqali radikallashuv, sof islomiy tushunchalarni notog’ri talqin qilish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabining professor-o‘qituvchilari taklif qilindi.

Onlayn videoaloqa tarzida tashkil etilgan tadbirda internet tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanish, turli xil aqidaparastlarning fitnasiga aldanib qolmaslik, shuningdek, sof islomiy tushunchlar va uning mohiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida mavzu doirasida maxsus tayyorlangan hujjatli film tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinib, uning g‘oyaviy jihatlari ochiq muloqot tarzida mulohaza qilindi.

Tadbir yakunida tashrif buyurgan mehmonlarga qo‘mondonlikning tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti