“Balli, ayollar!”: Kuchli beshlikdan iborat bekalar bellashuvi

0
1050

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Men namunali harbiy oila bekasiman!” shiori ostida “Balli ayollar” ko‘rik-tanlovining okrug bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda jami besh nafar harbiy oila bekasi o‘z mahoratlarini katta sahnada munosib namoyon etishga harakat qilishdi. 

Ko‘rik-tanlov nizomida belgilangan qoidalarga ko‘ra, ishtirokchilar “Men namunali oila bekasiman”, “Ignadan ip o‘tmasa”, “Baxru bayt”, “Biz To‘maris izdoshlarimiz” shartlarida bellashdi. Ishtirokchilar Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari tarkibidan iborat hay’at a’zolari tomonidan baholab borildi.

Tanlov shartlariga puxta tayyorgarlik ko‘rib, tomoshabinlarning mehrini qozongan kontrakt asosidagi harbiy xizmatchi kichik serjant Hayotbek Beknazarovning turmush o‘rtog‘i Bahora Mahmudova okrug bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallab, Mudofaa vazirligi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Balli, ayollar!” tanlovining barcha ishtirokchilari harbiy okrug qo‘mondonligining faxriy yorliqlari hamda davlat va jamoat tashkilotlarining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati