Harbiy xizmatchilari orasida “Boburnoma” bilimdonlari aniqlandi

0
497

Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizonida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Bobur kabi seving Vatanni!” deb nomlangan ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, garnizon harbiy xizmatchilari va viloyat axborot-resurs markazi xodimlari ishtirok etdi.

Tanlovda 4 ta jamoa turli shartlarda, xususan, “Boburnoma asari bilimdonlari” viktorinasi, “Bobur ijodi-ma’naviyat bulog‘i” nomli g‘azalxonlik hamda “Bobur siymosi oramizda” sahna ko‘rinishlari bo‘yicha bellashdilar.

G‘olib va sovrindorlar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati