“Bobur — sharq tarixining gavhari” nomli badiiy kecha tashkil qilindi

0
422

Bugun, 14 fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun yurtimizning barcha joylaridagi kabi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida ham keng nishonlanmoqda.

Jumladan, Markaziy harbiy okrugi Navoiy garnizonidagi harbiy qism safarbarlik chaqiruv rezervi harbiy xizmatchilari viloyatdagi Nurli maskan ko‘zi ojizlar maktab-internati o‘quvchi yoshlari bilan hamkorlikda bayram tadbiri tashkil etdi.

“Bobur — sharq tarixining gavhari” nomli kechada safarbarlik chaqiruv rezervi harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yoshlarda iliq taassurot uyg‘otdi. Jumladan ular tomonidan kuylangan qo‘shiqlar, o‘qilgan she’ru g‘azallarni maroq bilan tinglashdi.

Harbiy chiqishlarga ulanib ketgan dastur davomida askarlar o‘zlarining chaqqonliklari hamda harbiy tayyorgarliklarini namoyish etishdi.

Ayniqsa, maktab-internati o‘quvchi yoshlarining musiqali chiqishlari, kuylagan qo‘shiqlari yig‘ilganlar tomonidan olqishlandi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ro‘ziqul OCHILOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti