Qo‘mondonlikda komandirlar ishtirokida o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi

0
1281

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida barcha viloyatlaridan kelgan harbiy qism va qo‘shilma komandirlari ishtirokida uch kunlik o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi.

Dastlab yig‘in ishtirokchilari saf maydonida ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan so‘ng saf elementlari, jangavor va ma’naviy-ma’rifiy hamda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha nazorat sinovlari bo‘lib o‘tdi. Komandirlarning otish tayyorgarligiga esa alohada e’tibor qaratildi.

O‘quvning amaliy jarayonlaridan tashqari rejaga asosan har bir harbiy qism komandirlarining o‘tgan davr mobaynida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha erishgan yutuqlari va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari yuzasidan tanqidiy-tahliliy hisobotlari tinglandi. Muammoli masalalar mulohaza qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalar belgilab olindi.

Qo‘mondonlik miqyosida yil davomida “Men g‘olib” shiori ostida 40 dan ortiq musobaqalar va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilgan bo‘lib, yig‘in yakunida qo‘shinlar qo‘mondoni polkovnik Jur’at Yaqubov tomonidan g‘olib harbiy qismlarga ko‘chma kubok, diplom va esdalik sovg‘alari, shuningdek, xizmat faoliyati davomida foydalanishi uchun zarur bo‘lgan maxsus texnikalar tantanali ravishda topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti