Angren garnizonida yangi tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi

0
784

So‘nggi yillarda harbiy tibbiyot sohasini tubdan rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu e’tiborning amaliy natijasini Angren garnizonida zamon talablariga javob beradigan tibbiyot punktining qad rostlagani bilan izohlashimiz mumkin.

Bugun, 13-fevral kuni mazkur tibbiyot punktining tantanali ravishda foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 20 dan ortiq o‘ringa mo‘ljallangan maskanda harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, soha faxriylari bepul davolanish imkoniyatiga ega. Shuningdek, boshqa bemorlarga ham birinchi tibbiy yordam koʻrsatiladi.

Ochilish marosimida okrug qo‘shinlari qo‘mondoni ishtirok etib, tibbiyot punktidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 

Qo‘mondon punktni ko‘zdan kechirar ekan, mas’ullarga bu yerda bir vaqtning o‘zida 50 dan ortiq bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari mavjudligi, shuningdek, Angren shahridagi chekka qishloq aholisiga ham bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.

Tibbiyot punkti o‘z faoliyatini boshladi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati